🠕

hashtag #Qoraqalpoq_tili_36_yil 1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Ana shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili Qoraqalpogʻiston R…

34 views

hashtag #Qoraqalpoq_tili_36_yil 1989-yil 1-dekabr — Qoraqalpogʻiston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Ana shu kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasida bu sana keng nishonlanib kelinadi. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida bayram tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda tilshunos olimlar, litsey ustoz va murabbiylari, harbiy xizmatchilar va oʻquvchilar ishtirok etdilar. O‘quvchilarimiz tomonidan Qoraqalpoq tilida yangragan qo‘shiqlar, milliy kuy va raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbir yakunida bayram munosabati bilan tadbirda faol qatnashgan ustoz va o‘quvchilar litsey rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0