🠕

Joriy yilning 28-yanvar kuni IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasining tadbirkorlik, raqobatni r…

33 views

Joriy yilning 28-yanvar kuni IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati, Qonunchilik palatasining tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, yuridik fanlari doktori S.Sh.Utemuratova bilan o‘quvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qonunchilik palatasi deputati tomonidan bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha sohada, jumladan, navqiron avlod vakillarining manfaatlarini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, shuningdek, qonun loyihalarini ishlab chiqish, ularni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish, birinchi va ikkinchi o‘qishga tayyorlash, yalpi majlis muhokamalariga kiritish bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Suhbat so‘ngida o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda o‘z taklif va taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdilar.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0