O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati
10.12.2025 66 views
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan 2025-yil 3-dekabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi. Tadbir litsey jamoasida bilim, tafakkur va tezkor fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar mantiqiy savollar, tezkor topshiriqlar va murakkab vazifalar orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. O‘yin jarayoni raqobatbardosh ruhda kechib, ishtirokchilar o‘z bilim va malakalarini faol namoyish etdilar.
🏆 Musobaqa natijalari:
🥇 1-o‘rin: 102-guruh jamoasi
🥈 2-o‘rin: 103-guruh jamoasi
💡 Ushbu intellektual o‘yin o‘quvchilarni o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishga undadi va ularni yanada faol, izlanishga tayyor hamda bilimga chanqoq bo‘lishga rag‘batlantirdi.




