🠕

Kerakli meyoriy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi 10-sonli Qaroriga asosan  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 23 mart kungi 150-sonli buyrug‘i bilan Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyiga qabul tartibiga o‘zgartirish kiritilib, endilikda nomzodlarning hujjatlari ichki ishlar organlari tomonidan rasmiylashtirilishi belgilangan.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

— O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

— Doimiy yashah manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turishi;

— erkak (o‘g’il bola bo‘lishi);

— joriy yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining 9-sinfini tamomlaydigan;

— Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb topilishi;

— Hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar qabul qilinadi;

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyini tamomlagandan keyin bitiruvchilariga belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishonlari beriladi. O‘qish muddati — 2 yil.

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi:

 Nomzodlar arizaga :

— tarjimai holi (elektron va qo‘l yozma);

— o‘qish, yashash joyidan tavsiyanoma;

— tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusqasi;

— mudofaa ishlarida ro‘yhatda turishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi;

— fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risidagi o‘qish joyidan direktor tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma;

— 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 4 ta, 3 x 4 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 9 x 12 sm o‘lchamdagi 2 ta rangli fotosurat (bosh kiyimsiz). ilova qilinadi.

© 2019-2024 Developed by: EPAGE.uz