🠕

Bilimlar kuni

49 views

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2026-yil 02-sentyabr kuni 2026-2027 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” hamda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar, o‘quvchilar, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov ochib berib, yig‘ilganlarni “Mustaqillikning 35 yilligi” hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan tabriklab, o‘quvchi yoshlarga kelgusi o‘qishlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng litsey majlislar zalida o‘quvchi yoshlarga 2026-2027 yangi o‘quv yilida “Mustaqillik darsi” “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0