2026/2027 o’quv yilidagi dastlabki ilmiy-pedagogik kengashi bo‘lib o‘tdi
50 views
Joriy yilning 28-avgust kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 2026/2027 o’quv yilidagi dastlabki ilmiy-pedagogik kengashi bo‘lib o‘tdi.
Kengash kun tartibida oʻtgan 2025/2026-oʻquv yili yakuni, kеlgusi 2026/2027-oʻquv yili oldida turgan vazifalar, na’munaviy oʻquv rejalar asosida ishlab chiqilgan ishchi oʻquv rejalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash, 2026/2027 o‘quv yili uchun harbiy-akademik litseyga o‘tkazilgan qabul jarayonlarining yakunlari va Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida mustaqillik darslarini tashkil etish kabi masalalar ko’rib chiqildi va muhokama qilindi.
