🠕

Ustozlar milliy forumi

223 views

Joriy yilning 26-avgust kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026-2027 o‘quv yili oldidan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida“Ustozlar milliy forumi” tashkil etildi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpoq akademik litsey, Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi, Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi va IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi rahbar va pedagog xodimlar jamoasi ishtirok etishdi.

Forum davomida fanlar kesimida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, mashg’ulotlarda ta’lim sifati, yoshlar tarbiyasi va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0