21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir о‘tkazildi.
52 views
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir о‘tkazildi.
IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyida
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan «Ona tilim — faxrim» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir bo`lib o‘tdi.
Bayram tadbirida litsey rahbariyati, ustoz-murabbiylar, harbiy xizmatchilar va litseyning barcha o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Shuningdek, tadbirga faxriy mehmonlar — IIV Akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik D.F. Giyasov, IIV Akademiyasi magistraturasi boshqaruv fanlar kafedrasi professori, iste’fodagi polkovnik Sh.R. Qobilov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik G‘.S. Eshimbetovlar tashrif buyurishib, o‘quvchi yoshlarni bayram bilan tabrikladilar.
Shundan so‘ng, o‘zbek tili va adabiyot fan oyligi doirasida o‘tkazilgan diktantlar, insholar tanlovi va zakovat intellektual o`yini hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Vatan uchun yashaylik!” adabiy-badiiy mutolaa tanlovi g`oliblariga litsey rahbariyati va mehmonlar tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida litsey o‘quvchilari tomonidan o‘zbek tilining ulug‘vorligi, so‘z qudrati va go‘zalligini tarannum etuvchi she’rlar hamda milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini aks ettiruvchi maxsus sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.