“VATAN UCHUN YASHAYLIK!” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
39 views
📚 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan adabiyot va badiiy mutolaaga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida “Vatan uchun yashaylik!” adabiy-badiiy mutolaa tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlovda, IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 5 nafar o‘quvchisi faol ishtirok etishdi. Ushbu o‘quvchilarning barchasi hakamlar tomonidan saralangan 10 nafar ishtirokchilar qatoriga kiritilib, 2-bosqichga, ya’ni ular tomonidan tayyorlangan videoroliklar ochiq ovoz berish bosqichiga qo‘yildi. Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra harbiy-akademik litseyimizning quyidagi o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egalladi!
🥇 1-o‘rin — Ospanov Inomjon Farxadovich — I darajali diplom va 3 000 000 so‘m;
🥈 2-o‘rin — Esemuratov Orazali Botirbekovich — II darajali diplom va 2 000 000 so‘m;
🥉 3-o‘rin — Yoqubov Bekshodbek Bunyodbek o‘g‘li — III darajali diplom va 1 500 000 so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
🎖 Shuningdek, tanlovda faol qatnashgan qolgan ikki nafar o‘quvchiga ham faxriy yorliq va 500 000 so‘mdan pul mukofoti topshirildi.
🎉 G‘olib va faol ishtirokchilarimizni samimiy muborakbod etamiz! Ularga kelgusidagi o‘qishlari, ijodiy izlanishlari va ezgu maqsadlari yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!