“Zakovat” va “Zakovat Quiz
34 views
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan Qurolli kuchlar tizimiga kiruvchi vazirlik, boshqarma, harbiy qismlar, IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” HAL hamda IIV Qoraqalpoq akademik litseyi o‘rtasida “Uchinchi renessans bunyodkorlari” – intellektual turnirida 2026-yil 14-oktyabr kuni “Zakovat” va “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.
✅ Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishdagi savollar orqali o‘z bilim va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. O‘yin qizg‘in va murosasiz kurash ruhida o‘tdi, har bir jamoa g‘alaba uchun faol harakat qildi.
✅Intellektual o‘yin natijalariga ko‘ra:
🥇o‘rin IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” HALning «Temurbeklar» jamoasi
🥈o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi
🥉o‘rinni IIV Qoraqalpoq akademik litseyining «Kursantlar» jamoalari egalladi.
Intellektual o‘yin g‘oliblari diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.






