IIV “Temurbeklar maktabi” Nukus harbiy akademik-liseyi “Axborot resurs markazi” da zamonaviy kompyuter, nusxalash, skaner, telefon apparatlari bilan ta’minlangan. Kompyuterlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Qoraqolpogiston Respublikasi Axborot resurslariga, ZiyoNET internet tarmog’i, O’zbekiston Milliy kutubxonalariga ulangan. Markazda jami 9098 dona o’quv adabiyotlar bo’lib, shulardan electron adabiyoti va darsliklari 1550 tani tashkil etadi. Axborot-resurs markazi : — Axborot texnologiyalar xonasi, — O’quv zali, — Kitoblarni saqlash xonasidan iborat. Hozirgi paytda Axborot-resurs markazi o’quvchilarga va ishchi hodimlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Axborot resurs markazi 3 nafar ishchi xodimlardan tashkil topgan. Har yili «Maktab-kutubxona-oila-jamoat «tashkilotlari xayriya tadbiri o’tkazilib kutubxona fondi badiiy adabiyotlar bilan boyitib borilmoqda.
Axborot-resurs markazi nizomi
1. Umumiy qoidalar
1.1. Axborot-resurs markazi (keyingi o’rinlarda ARM deb ataladi) ta’lim muassasasi tarkibida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida» 2006 yil 20-iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
1.2. ARM ta’lim muassasasi rahbariyatiga bo’ysunadi.
1.3. ARM ta’lim muassasasi tomonidan uning tarkibiy bo’linmasi sifatida mablag’ bilan ta’minlanadi.
1.4. ARM o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, ta’lim muassasalari boshqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, ta’lim muassasasi ustaviga, rahbariyatning buyruqlari va farmoyishlariga, ichki tartib qoidalariga hamda ushbu nizomga amal qiladi.
1.5. ARM o’z faoliyati bilan aholi barcha qatlamlarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanish huquqini ta’minlaydi.
1.6. Axborot resurslari va kutubxona fondidan foydalanish tartibi, asosiy xizmatlar ro’yxati, ularni ko’rsatish shartlari, foydalanuvchilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydalanish qoidalari belgilanadi.
1.7. ARMlariga umumiy rahbarlik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
1.8. Barcha idoralarning ARMlari ishlariga umumiy-tashkiliy-metodik rahbarlik, ularning ishlarini muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Idoralararo kengash idoraviy va hududiy metodik markazlar tizimi orqali:
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti — O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ARMlarning metodik markazi orqali;
Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi markazlari-mintaqaviy metodik orqali.
2. Asosiy vazifalari
2.1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko’maklashish.
2.1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning muntazam ta’lim olishiga va mustaqil ravishda ga’lim olishiga ko’maklashish.
2.2. Milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ’ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo’lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg’un kamol topgan shaxsning ijodiy o’sishi uchun imkoniyatlar yaratish.
2.3. Axborotlarga bo’lgan talablarga muvofiq va ARM ma’lumotlar qidirish apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari) asosida axoliga zarur darajada axborot xizmati ko’rsatish.
2.4. Axborot madankyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni axborotlar qidirishning zamonaviy uslublariga o’qitish.
2.5. Axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlashtirishni joriy etish asosida ishlarni takomillashtirish.
2.6. Ta’lim muassasasi sohasiga va foydalanuvchilarning axborotlarga bo’lgan ehtiyojlariga muvofiq ARM fondini shakllantirish.
2.7. Ma’lumotlar kidirish apparatini, ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni tashkil etish va yuritish.
2.8. Madaniy, ta’lim, axborot va boshqa dasturlar, loyihalar, aksiyalarni birgalikda amalga oshirish uchun, shuningdek foydalanuvchilarning hujjatlarga va axborotlarga extiyojlarini yanada to’liq qondirish uchun ARMlar, axborot-kutubxona markazlari (AKMlar), ta’lim muassasalari, o’zini o’zi boshqarish organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatnimuvofiqlashtirish va kooperasiyalashni rivojlantirish.
2.9. ARM xizmatlari ro’yxatini kengaytirish, texnik jihozlash, axborot jarayonlarini kompyuterlashtirish asosida xizmatning sifatini oshirish.3. Asosiy funksiyalari
3.1. O’quv zallarida, abonementlarda hamda yagona kitobxon bileti bo’yicha kitoblar berishning boshqa punktlarida, yakka tartibda va guruhlar bo’yicha xizmat ko’rsatish metodlarini qo’llagan holda, foydalanuvchilarga tabaqalashtirilgan xizmat ko’rsatishni tashkil etadi.
3.2. O’quv yurti kafedralarida, o’quv markazlarida, laboratoriyalarida shakllantirilgan elektron axborot resurslarini to’plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshiradi. Elektron kataloglashtirish bibliografik axborotni taqdim etish va uzatishning xalqaro formatlari (MAKS formatlari) talablariga qat’iy muvofiq holda olib boriladi.
ARMda ma’lumotlarning original tematik bazalarini yaratish yo’li bilan ta’lim muassasalarining axborot resurslarini shakllantirishi mumkin.