Afg‘onistonda 6,2 va 5,9 magnitudali ikkita zilzila yuz berdi
07.10.2023 98 views
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:41 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 35 gradus shimoliy kenglik; 61,87 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=6.1. Chuqurlik 20 km. Zilzila episentri Toshkentdan 947 km janubi-g‘arbda.
Shuningdek, Toshkent vaqti bilan soat 12:40 da Afg‘onistonda yana bir zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 35,1 gradus shimoliy kenglik; 61,93 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=5.9. Chuqurlik 25 km. Zilzila episentri Toshkentdan 935 km janubi-g‘arbda.