📚 Ochiq dars tashkil etildi
28.03.2026 7 views
👩🏫 IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Kalmenova Malika tomonidan 101-guruhda “Crime and Theft” (jinoyat va o‘g‘irlik) mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
🎯 Dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarga “crime” va “theft” atamalarining ma’nolari, ular o‘rtasidagi farqlar real hayotiy misollar orqali tushuntirib berildi. Ayniqsa, o‘g‘irlikning jamiyat va shaxs hayotiga yetkazadigan zarari alohida ta’kidlandi. O‘quvchilar halollik, mas’uliyat va qonunlarga hurmat bilan qarash kabi muhim qadriyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Shuningdek, dars davomida ingliz tilidagi yangi so‘z va iboralar o‘rganilib, ularni nutqda qo‘llash bo‘yicha mashqlar bajarildi.
💡 Ushbu darsdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarga jinoyat tushunchasi, uning turlari va jamiyatga salbiy ta’siri haqida chuqurroq ma’lumot berish, shuningdek, ularning huquqiy ongini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
