#BAYRAM
28.03.2026 19 views
Ona zamin va tabiatga mehr-muhabbat, saxovat va muruvvat, bunyodkorlik va oliyjanoblik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar eng qadimiy bayramimiz bo‘lgan Navro‘z timsolida asrlar davomida ulug‘lanib, sayqal topib kelmoqda.
Bugun litseyimizda milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni ulug‘laydigan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir davomida doshqozonda sumalak qaynatilib, osh damlanib hamda Navro‘z go‘jalar pishirilmoqda. Ushbu bahoriy bayram do‘stlik, mehr-oqibat va yangilanish timsoli sifatida yana bir bor qalblarga iliqlik baxsh etadi.





