#Davra_suhbati IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida fevral…
19.02.2026 19 views#Davra_suhbati
IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida fevral oyi “Kimyo” fan oyligi doirasida kimyo fani o‘qituvchi Saparbaeva Zamira tomonidan “Chiqindilarni qayta ishlash va ekologik muammolar va ularning yechimlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbat davomida kimyo fani o‘qituvchisi Saparbaeva Zamira tomonidan chiqindilarni qayta ishlashning zamonaviy usullari, ularning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyati, sanoat va maishiy chiqindilarni to‘g‘ri saralash hamda qayta ishlash orqali ekologik muammolarni kamaytirish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, suhbat yakunida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish va qayta ishlash bo‘yicha tegishli javoblar oldilar.
