🠕

#Fanlar_olimpiadasi

28.03.2026 88 views

Joriy yilning 25-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 18-fevral kungi 68-sonli buyrugʻiga asosan, tarix hamda davlat va huquq asoslari fanlaridan Asosiy fanlar olimpiadasining IV (Respublika) bosqichi Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazildi.

Ushbu olimpiadaga IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 2 nafar oʻquvchilari, tarix fanidan Jumabaev Esbosin Oralbay uli hamda davlat va huquq asoslari fanidan Nurillayev Diyorbek Xayrullo oʻgʻli ishtirok etishdi.

🏆 Yakuniy natijalariga ko‘ra harbiy-akademik litseyning davlat va huquq asoslari fanidan Nurillayev Diyorbek Xayrullo oʻgʻli sovrinli II oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

🎉 O‘quvchimiz Nurillayev Diyorbekni harbiy-akademik litsey jamoasi nomidan muborakbod etamiz hamda kelgusi musobaqalarda yanada balandroq cho‘qqilarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0