🠕

“Ibratli tengdoshim” harbiy-vatanparvarlik ruknidagi uchrashuv

21.10.2023 116 views

Har yili Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o’quvchilarni jalb qilish bo’yicha targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilib, targ’ibot tadbirlari davomida litsey o’quvchilarini oldin o’zlari o’qigan umumta’lim maktablariga tashrifini tashkillashtirib “Ibratli tengdoshim” rukni ostida uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday uchrashuvlarning navbatdagisi Nukus shahridagi 12 sonli umumta’lim maktabida bo’lib o’tdi. Mazkur maktabning 3 nafar o’quvchisi  Kamalov Ruslan, Aymuratov Sultanbek va Shamuratov Sultanmurat ayni paytda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida tahsil oladilar. Dastlab litsey o’quvchilari Kamalov Ruslan (2 kurs), Aymuratov Sultanbek (1 kurs) va Shamuratov Sultanmurat (1 kurs) “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirish tartibi, litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, kun tartibi haqida maktab o’quvchilariga ma’lumot berib, keyin maktab o’quvchilari tomonidan berilgan savollarga javob qaytardilar. Shundan so’ng litseyning musiqa to’garagi a’zolarining chiqishi va qo’l jangi bo’yicha ko’rgazmali chiqishlari namoyish etilib, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilari tomonidan tayyorlangan dasturlar maktab o’quvchilari tomonidan iliq qarshi olindi. Umumta’lim maktablarida  “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o’quvchilari tomsnidan o’tkazib boriladigan bu kabi tadbirlar litsey o’quvchilarida notiqlik va yetakchilik xislatlarini shakllanishi, o’ziga bo’lgan ishonchning oshishi, keng dunyoqarashi va tahliliy fikrlashining rivojlanishiga, umumta’lim maktablari o’quvchilarida  harbiy kasbga bo’lgan qiziqishning ortishi, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarining shakllanishiga sabab bo’ladi.

Nukus “Temurbeklar maktabi” HAL

direktorining o’rinbosari SH.R.Ibragimov

© 2019-2025 Developed by: EPAGE.uz