IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Aniq fanlar” kafedrasi biologiya…
26.02.2026 68 viewsIIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Aniq fanlar” kafedrasi biologiya fani o‘qituvchisi V.Rametullayeva hamda laborant D.Omarova tomonidan 102-guruh o‘quvchilari uchun “Yurak tuzilishi hamda qon guruhlarini aniqlash” mavzusida laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar sigir yuragining tuzilishi bilan tanishib, uning tarkibiy qismlarini atroflicha o‘rgandilar va tahlil qildilar.
Mazkur mashg‘ulotning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va laboratoriya tajribalari orqali yurak tuzilishini amaliy o‘rganish hamda tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.
Bu kabi mashg‘ulotlar o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga xizmat qiladi.
