🠕

#Insho_tanlovi 📚 “Amir Temur — buyuk davlat arbobi va sarkarda,…

26.02.2026 88 views

#Insho_tanlovi

📚 “Amir Temur — buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi” mavzusida insholar tanlovi.

Joriy yilning 18-fevral sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan insholar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, sohibqiron bobomizning boy tarixiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

Mazkur tanlov o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Sohibqiron Amir Temur siymosi yoshlar uchun mardlik, jasorat, adolat va bunyodkorlik timsoli bo‘lib qolaveradi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0