🠕

Joriy yilning 16-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida…

26.02.2026 50 views

Joriy yilning 16-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Maslenitsa” bayrami nishonlandi.

Maslenitsa- bu rus xalqining milliy bayrami bo’lib, u qish va bahor fasllari uchrashuvining bir hafta davomida nishonlanishidir. Maslenitsa — qadimiy davrdan beri Rossiyada nishonlangan quvnoq, yorqin folklor festivali.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Rus madaniyat markazi raisi G.A.Zorkina hamda 25-yil davomida bolalar uyi direktori vazifasini bajargan, hozirgi vaqtda nafaqadagi nuroniy S.M.Son ishtirok etdilar.

Bayram dasturida rus xalqining boy milliy madaniyati, o’ziga xos urf-odatlari, milliy taomlari rang-barang tarzda aks ettirildi. Shuningdek, tadbirda rus xalq qo‘shiqlari va raqslari, turli quvnoq o‘yinlar, tanlovlar ham o‘rin oldi.

Ushbu o‘yin va tanlovlarda harbiy-akademik litseyining bir qator o‘quvchilari faol ishtirok etdi. Musobaqa g‘oliblari va bayram ishtirokchilarga bayram tadbiri oxirida faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz