Joriy yilning 19-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida…
26.02.2026 23 viewsJoriy yilning 19-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash hamda milliy musiqa madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida xodimlari va o‘quvchi yoshlariga madaniy hordiq yuksak saviyada tashkil etildi.
Tadbir badiiy chiqishlarga ham boy bo‘ldi. Kechada O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi xalq artistlari ijrosida milliy kuy-qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etildi. Bunday jonli chiqishlar tadbirga o‘ziga xos fayz bag‘ishlab, ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.

