Joriy yilning 20-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining…
26.02.2026 29 viewsJoriy yilning 20-fevral kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining adabiyotga qiziquvchi o‘quvchilari Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida bo‘lib o‘tgan madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi.
Tadbirda milliy o‘zlikni anglash, asrlar davomida shakllangan urf-odat va an’analarimizni asrab-avaylash hamda ularni yosh avlod ongiga chuqur singdirish maqsadida “Milliy qadriyatlar atlasi” kitobi taqdimoti ham o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Ma’rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a’zolari tomonidan kitobning mazmun-mohiyati atroflicha yoritib berildi. Ushbu kitob taqdimoti o‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek tadbirda san’atkorlar tomonidan o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman hamda rus millatlariga mansub kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Ijro etilgan kuy va qo‘shiqlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodda ma’naviy barkamollikni shakllantirish, ularda yurtga muhabbat va adabiyotga mehr uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

