🠕

Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garov

10.12.2025 10 views

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Targ‘ibot poezdi” joriy yilning 2-dekabr kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga tashrif buyurdi.

Unda Toshkent davlat yuridika universiteti professori D.Nurumov va bir guruh talaba yoshlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi sektor rahbari N.Berdiniyazovalar ishtirok etdi. Kelgan mehmonlar ishtirokida litsey o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyamizning asosiy tamoyillari, uning ahamiyati va inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni keng ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbir yakunida o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tkazilib, unda faol qatnashgan o‘quvchilarga mehmonlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

© 2019-2025 Developed by: EPAGE.uz