🠕

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida“Ochiq eshiklar kuni”

13.10.2023 98 views

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi 3898-son qaroriga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilangan. Mazkur qarorning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o’quvchilarning ma’naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an’analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan tadbirlar tashkillashtirish bilan cheklanib qolmasdan, umumta’lim maktab o’quvchilarni ham harbiy kasbga qiziqtirish, harbiy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish maqsadida litseyda har xaftaning juma kuni “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilib, umumta’lim maktab o’quvchilari taklif etilib, ular litsey hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 12 oktabr` kuni bo’lib o’tgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida Xo’jayli tumanidagi 15 sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 60 nafar o’quvchilari direktor o’rinbosari O’razov Xamra, chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fan o’qituvchisi Oraqbaev Berdaq, litsey psixologi Yulduz Alyaminova boshchiligida tashrif buyurib, mehmonlar litsey hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davomida Xo’jayli tumanining 15 sonli ixtisosolashtirilgan maktab o’quvchilari oldin o’zlarining maktabida tahsil olib hozirda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining o’quvchilari bo’lgan Allambergen Tlemuratov, Islam Yuldashbaev, Ajiniyaz Baxtibaev, Musabek Azatbaev bilan uchrashdilar. “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri Xo’jaylilik yoshlar uchun qiziqarli bo’lib o’tdi.

podpolkovnik
SH.R.Ibragimov

Это изображение имеет пустой атрибут alt; его имя файла - 6-1024x682.jpg

© 2019-2025 Developed by: EPAGE.uz