🠕

Ochiq eshiklar kuni 12.12.2025

13.12.2025 9 views

Joriy yilning 12-dekabr sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbir doirasida Nukus shahridagi 39-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari litsey faoliyati, o‘quv jarayoni va mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun tashrif buyurishdi.

Ularga o‘quvchilarning kundalik dars jarayonlari, sport maydonchalari, kutubxona, axborot texnologiyalari xonalari va yotoqxona sharoitlari tanishtirildi.

🔹 Shu bilan birga, o‘quvchilarga litseyga kirish imtihonlari tartibi, baholash mezonlari, o‘quv jarayonining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.

🔹 Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar tomonidan ularga batafsil javoblar berildi.

© 2019-2025 Developed by: EPAGE.uz