🠕

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi keng nishonlandi.

10.12.2025 12 views

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi keng nishonlandi.

Joriy yilning 6-dekabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida “8-dekabr — O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tantanali tadbirda keng jamoatchilik hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o’quvchilari ishtirok etdilar.

Dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Bayram tadbiri san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

© 2019-2025 Developed by: EPAGE.uz