SPORT
28.03.2026 13 views
🌸 “Navroz – umumxalq bayrami” munosabati bilan joriy yilning 18-mart sanasida IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi bilan hamkorlikda harbiy-akademik litsey va Jasorat maktablarining 16-18 yosh doirasidagi o‘quvchilari o‘rtasida “Milliy etnosport” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi —
- maktab va litsey o‘quvchilari o‘rtasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlash,
- sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,
- sport orqali ijobiy muhit yaratishdan iborat bo‘ldi. 💪🌟
Musobaqada o‘quvchi yoshlar sportning “Milliy kurash”, “Tosh ko‘tarish”, “Arqon tortish”, “Pnevmotik quroldan o‘q uzish turi”, “Kamondan o‘q otish”, “Qo‘l kurashi” hamda “Langi o‘yini” turlaridan o‘z-aro bellashib, kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi.
O‘zaro hurmat, samimiyat hamda do‘stona kayfiyatda o‘tgan musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlgan oʻquvchilar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar. 🎉








