TADBIR 👑IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida buyuk…
26.02.2026 14 views#TADBIR
👑IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida buyuk davlat arbobi va mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Buyuklar oʻlmaydi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, polkovnik O.Turdakov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq shoiri A.Otepbergenov, Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi S.Amirlan hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari N.Shinnazarov ham ishtirok etdilar.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan Amir Temurning yagona va kuchli davlatni shakllantirish borasidagi siyosiy faoliyati, boshqaruv tizimini markazlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlari hamda davlat hokimiyatini mustahkamlash yo‘lidagi tarixiy jarayonlar manbalar asosida keng yoritildi.
Tadbir son‘ggida san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

