
“Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlarning rivojlanish tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
19.05.2025 80 views
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Ta’lim muassasalarida ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlarning rivojlanish tendensiyalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston Respublikasidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari hamda “Yosh chegarachilar” va Jalollidin Manguberdi harbiy-akademik litseylarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining tarix fanlari falsafa doktori (PhD) Allamuratov Gulmurat Sultamuratovich, texnika fanlari doktori, professor Seytnazarov Quwanısh Keńesbaevich hamda bosh oʻqituvchi Turgʼanbekova Diana Seyilxanovnalar o‘zlarining maruzalari bilan qatnashdilar.
Bu ilmiy-amaliy anjuman o‘zining dolzarbligi bo‘yicha pedagoglar orasida katta qiziqish uyg‘otdi va shu kungacha 150 dan ortiq tezislar kelib tushdi, bu esa o‘z navbatida uning ta’lim sohasidagi ahamiyati va muhimligini ko‘rsatadi.