🠕

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademsik litseyida “Uch avlod uchrashuvi”

19.10.2023 205 views

18-oktabr kuni Nukus“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademsik litseyida “Uch avlod uchrashuvi” bolib otdi. Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining maslahatchisi faxriylar markaziy kengashi raisi iste’fodagi polkovnik Navruzov Abubakir Davlatovich, Mudofaa vazirligi Shimoli-g’arbiy harbiy okrug Faxriylar ishlari bo’yicha kengash raisi iste’fodagi podpolkovnik Yusupov Abdurasul Reymbaevich, Qoraqalpog’iston Respublikasi Veteranlar ishlari bo’yicha kengash raisi iste’fodagi podpolkovnik Ergunusov Pulatbek Ermekbaevich hamda avg’on urushi qatnashchisi baynalmilal jangchi-faxriysi iste’fodagi mayor Allayarov Ulug’bek Djollibaevich va baynalmilal jangchi-faxriy Toreniyazov Ong’arbay hamda  boshqa faxriylar qatnashdilar. Uchrashuv chog‘ida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining maslahatchisi faxriylar markaziy kengashi raisi iste’fodagi polkovnik Navruzov Abubakir Davlatovich so’zga chiqib o’quvchilarni harbiy vatanparvarlikga, A.Temur bobokolonimizning munosib mard izdoshlari bo’lishga undadi. Shuningdek o‘quvchilarga hozirgi vaqtda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan eʼtibori, ularga yaratilib berilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil to’xtab o’tdi.

Shuningdek uchrashuv davomida avg’on urushi qatnashchisi baynalmilal jangchi-faxriy iste’fodagi mayor Allayarov Ulug’bek Djollibaevich xizmati davridagi tajribalarini, mashaqqatlarga boy mehnat faoliyati,xizmatda erishgan yutuqlari haqida o‘quvchi yoshlarga to‘lqinlanib so‘zlab berdi. Albatta, bu kabi tadbirlar o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanimizga bo‘lgan daxldorligini yana-da kuchaytirib, ularga xizmat burchi va qasamyodiga sadoqat ruhida tarbiyalashga, kasbiy hamda maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadi. Shuningdek faxriylar  o‘quvchi yoshlarga  hayotda o‘z o‘rnini topishlari, yomon illatlardan saqlanishlari, sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanish, o‘z bilimlari ustida ishlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kitob mutolaa qilish, bo‘yicha o’git va nasihatlar berib o‘tdi. Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va litseyning musiqa to’garagi a’zolari tomonidan ijro etilgan musiqiy sahna ko’rinishi bilan yakunlandi.

Podpolkovnik SH.Ibragimov

© 2019-2025 Developed by: EPAGE.uz