🠕

Vaktsina bilan emlanish tumovga qarshi eng yaxshi chora.

13.12.2023 350 views

Respublikamiz bo’ylab ob-havoning keskin sovushi kuzatilmoqda. Shu jumladan Nukus shahrida ham kunlar sovugan. Viruslar sovuq va quruq havoda faollashadi. Qish faslida atmosferada namlik nisbatan yuqori bo’ladi. Biroq xonalar isitilishi sababli havo quruqlashadi. Bu esa infektsiyalarning avj olishi uchun qulay muhit yaratadi.  Sovuq kunlarda eshik va derazalar zich yopilib, o’quvchilar asosiy vaqtini issiq sharoitda, bir necha kishi yoki ko’pchilik bir joyda jamlanib o’tkazadi. Viruslar esa yopiq bino-inshootlar, aholi gavjum joylarda tezroq tarqaladi. Qishning sovuq kunlarida jismoniy mashqlar ham vaqtinchalik to’xtatilib, kamharakatlilik ham organizmning kasalliklarga kurashish qobiliyatini susaytiradi. Oqibatda shamollash va tumovga (gripp) chalinish ehtimoli oshadi.

Tumov va tumovga o’xshash o’tkir respiratorli virusli infektsiyalarning oldini olish maqsadida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining o’quvchilari tumovga qarshi vaktsina bilan emlash ishlari boshlandi.

Vaktsina bilan emlash ixtiyoriy tarzda amalga oshirilmoqda.

podpolkovnik Sh.Ibragimov

© 2019-2024 Developed by: EPAGE.uz