Vaziri kubogi
10.12.2025 224 views
🏆Joriy yilning 4-dekabr kuni Ichki ishlar vazirligi idoraviy akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha Ichki ishlar “Vaziri kubogi” musobaqasiga start berildi. Mazkur musobaqa Ichki ishlar vazirligi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida oʻtkazilmoqda. Dastlab musobaqani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Gʻ.S.Eshimbetov ochib berib, musobaqa ishtirokchilariga katta zafarlar tiladi.
Tashkil etilgan musobaqada Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpoq akademik litseyi, Xorazm akademik litseyi, Buxoro akademik litseyi hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilaridan iborat jamoalar gʻoliblik uchun bellashuvga kirishdi.
Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iborat boʻlgan mazkur musobaqa yuqori kayfiyatda, sogʻlom raqobat muhitida, qiziqarli baxslarga boʻy oʻtmoqda.








