🠕

Asosiy qoidalar

  1. Mazkur nizom «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik liseyi (keyingi o‘rinlarda — «Temurbeklar maktabi»)ning maqomi, faoliyatning tashkiliy asoslari, maqsadlari, asosiy vazifalari, o‘quvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibi, rahbarlarining javobgarligini belgilaydi.
  2. «Temurbeklar maktabi» davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi va faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, mazkur nizom, boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar va o‘z Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
  3. «Temurbeklar maktabi»da o‘quv-tarbiyaviy jarayon o‘quvchilarni harbiy-kasbiy yo‘naltirish va kelgusida ularni respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish ko‘zda tutilgan Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.

«Temurbeklar maktabi»da o‘qish muddati ikki yilni tashkil etadi.

  • «Temurbeklar maktabi»ga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik ta’minoti tegishli ravishda tasarrufida «Temurbeklar maktabi» bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya (keyingi o‘rinlarda — vazirlik va idoralar) tomonidan amalga oshiriladi.
  • «Temurbeklar maktabi»ning Namunaviy ustavi, o‘quvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payogi normalari vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

«Temurbeklar maktabi» yuridik shaxs hisoblanib, bank muassasalarida hisob raqami va boshqa hisoblar, belgilangan namunadagi muhr, shtamp, o‘z nomi tushirilgan blankalariga ega.

© 2019-2024 Developed by: EPAGE.uz