O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyun sanasidagi PQ-4375-sonli «O’smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va Davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori asosida o‘z faoliyatini boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi Nukus shahri Chimboy guzari ko’chasida joylashgan b’‘lib umumiy yer maydoni 2.8 gektarni tashkil qiladi. Akademik liseyning o’quv rejasi 2 yilga mo’ljallangan bo‘lib, o‘quv rejasi bo‘yicha umumta’lim fanlar, chuqurlashtirligan fanlar va kasbiy fanlarni o’qitilishi belgilangan.
Akademik litseyda asosiy e’tibor o’quvchilarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun zarur bo‘lgan yuksak vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, dastlabki kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega aqlan va jismonan yetuk etib tarbiyalashga va Oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirishlari uchun maqsadli tayyorlashga qaratiladi.
Akademik litseyda o‘quv jarayoni to‘liq kazarma shaklida bo‘lib, litsey o‘quvchilar yotoqxonasi 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Ta’lim oluvchi o‘quvchilar kuni-tun akademik liseyda istiqomat qiladilar. Buning uchun o‘quvchilarga munosib shart-sharoitlar yaratilib berilgan.
Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarning mukammal ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, o‘quv va laboratoriya xonalari, kompyuter xonalari, axborot resurs markazi, sport zal va ruhiy-jangovar tayyorgarlik maydonchasi, oshxona, 200 o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quvchilar yotoqxonasi, saf maydoni, xizmat itlarini o‘rgatish maydoni hamda kichik futbol maydoni mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Qo‘shma Qarori va namunaviy o’quv rejaga asosan akademik litseyda “Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (V va S toifadagi) fanining o’tilishi yo‘lga qo‘yilib, litsey bitiruvchilariga V,S toifasidagi haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Bu yerda o‘quvchilarga sifatli ta’lim-tarbiya berish uchun o‘quv va laboratoriya xonalari, komp’yuter sinfi, axborot-resurs markazi, elektron kutubxona, saf maydoni, kichik futbol maydoni hamda sport zal to‘liq jihozlangan. Shuningdek, o‘quv jarayoni to‘liq kazarma shaklida bo‘lib, 200 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxonada o‘quvchilarga munosib shart-sharoitlar yaratilib berilgan. Ularga kuniga 4 vaqt bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanishi nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, litseyimizni o‘quv adabiyotlari va darsliklar bilan ta’minlash bo’yicha bir qator amaliy ishlar yo‘lga quyilib, axborot resurs markazi fondi siyosiy, badiy va darsliklar bilan boyitib borilmoqda.
Ayni kunda liseyda ta’lim–tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish, tajriba almashish maqsadlarida Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi, Toshkent «Temurbeklar maktabi» harbiy akademik litseyi va Shaxrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseylari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga quyilgan.
Akademik litseyda tahsil olayotgan o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadiriyatlar ruhida, shuningdek, ajdodlarimizga munosib izdosh qilib tarbiyalash maqsadida ta’lim muassasasida “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” xonalari tashkil etilgan. Akademik litsey bitiruvchilariga qaror asosida imtiyoz belgilab berilgan bo‘lib, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishda kirishda bitiruvchining test sinovlarida to‘plagan balning 30% fuqarolik oliy ta’lim muassasalariga o‘qishda kirishda bitiruvchining test sinovlarida to‘plagan balning 15% mug‘dorida imtiyoz beriladi.