IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘qituvchilik lavozimi uchun tanlov eʼlon qiladi.
29.11.2023 201 views
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi PQ-4375-sonli “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi o‘qituvchilarni quyidagi fanlar bo‘yicha tanlov asosida ishga qabul qiladi:
- Informatika va Axborot texnologiyalari
- Davlat va huquq asoslari
- Xorijiy til (Ingliz tili)
- Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik (CHQBT)
- Jismoniy tarbiya
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Tanlovda ishtirok etuvchi pedagog nomzodlar yuqori bilim darajasiga, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lishi;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarida savodli yozma va og‘zaki nutqqa egaligi, ingliz tilini bilishi;
kompyuter texnologiyalarini va o‘quv jarayonida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egaligi;
yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyatga egaligi;
o‘smir yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilishi;
tashabbuskorlik, ravon nutq madaniyati va stressga chidamliligi.
Ilmiy daraja, o‘qituvchilik hamda pedagogik faoliyatga taalluqli bo‘lgan mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa darajalari, shuningdek ilmiy unvon va sertifikatlar mavjudligi maʼqullanadi.
Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Tanlovda ishtirok etish uchun «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi direktori nomiga ariza;
- Pasport nusxasi (hujjatlarni topshirish vaqtida pasportning asl nusxasi ko‘rsatiladi);
- Oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot
- to‘g‘risidagi hujjatga muvofiqlik olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
- O‘tkazilgan attestatsiya natijalari bo‘yicha berilgan sertifikat nusxasi;
- Mehnat daftarchasining nusxasi;
- Xizmat faoliyati haqidagi maʼlumotnomasi (Rezyume)
- 3,5 x 4,5 o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurat
Tanlov ishtirokchilaridan hujjatlar shu yilning 30-iyul sanasidan 18-avgust sanasiga qadar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2017 yil 18 iyuldagi 515-sonli Qarorining 3-bob 11-bandiga asosan, tanlovda qatnashish istagini bildirgan pedagog nomzodlar test imtihonlarini topshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 barobari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hisobiga to‘lagan holda test sinovlarida ishtirok etadi.
Tanlov ishtirokchilarining arizalari va hujjatlarni qabul qilish joyi manzili: Nukus shahri Chimboy guzari raqamsiz uy (mo‘ljal: Nukus Olimpiya rezervlari kolleji)
Tanlov bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar NUKHAL.uz saytida eʼlon qilingan.
Kanalg‘a ag‘za bolish: https://t.me/tmnukushal