Muzeyga tashrif
39 views
IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilarining dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish uchun 2026-yil 5-6-sentyabr kunlari Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi hamda I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san’at muzeyiga tashrif buyurishdi. Ushbu sayohat milliy qadriyatlarimizni anglash, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish maqsadida tashkil etildi.
Safar davomida o‘quvchilar muzey kollektsiyasidagi zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy sanʼat, tabiat, XX asrga tegishli boʻlgan maʼlumotlar, Qoraqalpogʻistonda Orol buyida ijod qilgan rassomlarning tasviriy sanʼat asarlarini, shuningdek, urush davriga oid eksponatlar bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Bunday sayohatlar yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda, ularning tarixiy ongini shakllantirishda va milliy g‘ururini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.