🠕

Noodatiy dars — san’at va til uyg‘unligi!

40 views

IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining rus tili fani o‘qituvchilari G.A. Seytnazarova va O.V. Utemuratovalar tomonidan 201-guruh o‘quvchilari uchun 2026-yil 12-oktyabr kuni “Cho‘ldagi Luvr: moslashmagan aniqlovchi” mavzusida noodatiy dars tashkil etildi.

📍 Dars I.V. Savitskiy nomidagi Davlat san’at muzeyida bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar san’at asarlari orqali rus tili grammatikasini o‘rgandilar, individual va guruh topshiriqlarini bajardilar hamda o‘zlarini san’atshunos sifatida sinab ko‘rdilar.

✨ Bunday ijodiy yondashuv o‘quvchilarning tilga qiziqishini oshirish, estetik didini shakllantirish va milliy madaniyatga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0