O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi Rekrutment bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Umidjon Yusubbekovich Xamdamov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
59 views
📚 IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Rekrutment bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Umidjon Yusubbekovich Xamdamov ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida, o‘quvchilarga Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga o‘qishga qabul qilish jarayoni, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar hamda Akademiyada yaratilgan ta’lim olish va xizmat faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🎓 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni kasbga yo‘naltirish hamda FVV Akademiyasida ta’lim olishga munosib nomzodlarni jalb etishdan iborat.