🠕

✨ Bayram tadbiri tashkil etildi ✨ Joriy yilning 7-mart kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tan…

07.03.2026 24 views

✨ Bayram tadbiri tashkil etildi ✨ Joriy yilning 7-mart kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni” bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida litsey direktori podpolkovnik U.E.Kadirov akademik litseydagi barcha xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi. Bayram munosabati bilan ularga bayram sovg‘alari topshirilib, samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi. Shuningdek sana munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan xodimalar ham taqdirlandi. Taʼkidlanganidek, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoiyligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib keladi. Tadbir davomida iste’dodli yoshlar ijrolarida dilrabo qo‘shiqlar yangradi, shuningdek qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Bayramona muhitni yanada jo‘shqinroq qilish uchun raqslar va musiqiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0