️️Oʻzbekiston Respublikasi IIV tizimida xizmat qilayotgan IIOlari xodimlari orasida “yilning eng yaxshi murabbiysi” koʻrik tanlovi oʻtkazilib, har viloyatdan bir nafardan gʻolib xodimla…
09.10.2024 21 views️️Oʻzbekiston Respublikasi IIV tizimida xizmat qilayotgan IIOlari xodimlari orasida “yilning eng yaxshi murabbiysi” koʻrik tanlovi oʻtkazilib, har viloyatdan bir nafardan gʻolib xodimlar 7-8-oktyabr kuni Nukus shahrida oʻzaro bellashdilar. Bellashuvning taqdirlash marosimi Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda litsey oʻquvchilari ishtirok etdilar. Tadbirning rasmiy qismida gʻolib va sovrindorlar taqdirlandilar. Tadbirning badiiy qismida namoyish etilgan kontsert dasturini oʻquvchilar miriqib tomosha qildilar.️️
