️ “Temurbeklar maktabi”da adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Mustaqillik davri adabiyoti” mavzusida davra suhbati tashkil eti…
23.05.2026 79 views️ “Temurbeklar maktabi”da adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Mustaqillik davri adabiyoti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M.A.Ataniyazova mehmon bo‘lib, o‘quvchilarga o‘zbek adabiyotining boy tarixi va bugungi rivoji haqida qimmatli ma’lumotlar berdi. Suhbat davomida litsey o‘qituvchilari Z.Jumaniyazova va D.Nazarova ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. O‘quvchilar mustaqillik davri she’rlaridan namunalar aytib, o‘zlari o‘qigan nasriy asarlar haqida fikr almashdilar va qiziqtirgan savollariga javob oldilar. ✨ Bunday tadbirlar o‘quvchilarda adabiyotga mehr, Vatanga sadoqat va insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda, shuningdek, boy ma’naviy merosimizni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
