️ Xiva va Shilpiq qal’asiga unutilmas sayohat Joriy yilning 17-may kuni “18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan” IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘q…
18.05.2026 25 views️ Xiva va Shilpiq qal’asiga unutilmas sayohat Joriy yilning 17-may kuni “18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan” IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari va xodimlari uchun tarixiy qadamjolarga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilarga “Ichan-qal’a” obidalari, shaharning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni va YuNESKO merosiga kiritilgani haqida ma’lumotlar berildi. Al-Xorazmiy va Beruniy kabi shu zamonda yashab, dunyo ilm-fanini o‘zgartirgan bobolarimiz hayoti yoshlar uchun haqiqiy ibrat maktabi bo‘ldi. Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘istonning qadimiy yodgorligi — Shilpiq qal’asini borib ko‘rishdi. Yoshlar ushbu inshootning qurilish tarixi, mudofaa va muqaddas marosimlar uchun xizmat qilgan xususiyatlari haqida noyob ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Sayohat o‘quvchilarning bilimini boyitib, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
