🠕

️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 2024-2025-o‘quv yilida ijodkorlik sohasida qo‘lga kiritgan natijalari bilan bo‘lishish maqsadida joriy yilning 21-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq …

22.05.2025 20 views

️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 2024-2025-o‘quv yilida ijodkorlik sohasida qo‘lga kiritgan natijalari bilan bo‘lishish maqsadida joriy yilning 21-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida hisobot konsert dasturi tashkil etdi. Ushbu konsert dasturiga Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari ham tashrif buyurdi. Konsert dasturida Ibroyim Yusupov qalamiga mansub asarlardan spektakl, she’rlar va kuy qo‘shiqlar namoyish etildi. Bu kabi konsert dasturlari ijodkor o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni san’at va madaniyat sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0