🠕

️Joriy yilning 17-mart kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari Adliya vazirligi tomonidan xalqimiz o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniy…

17.03.2026 20 views

️Joriy yilning 17-mart kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari Adliya vazirligi tomonidan xalqimiz o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan, shuningdek, madaniy-ma’rifiy sohaga oid «Adliya sayli» va «Yoshlar sayli» nomli huquqiy targ‘ibot va ma’rifiy tadbirida ishtirok etishdi. Tadbirda fuqarolarga barcha sohalar bo‘yicha bepul huquqiy maslahatlar berish maqsadida davlat organlari, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatlar, notariuslar, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etdi. ❗️SAYIL DAVOMIDA: sovg‘ali viktorinalar; sport musobaqalari; madaniyat xodimlarining konsert dasturi; nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi; «Sayyor qabullar»; tibbiy ko‘rik; harbiy chiqishlar; psixolog maslahati va boshqa bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0