🤝 Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida rahbarlar va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi….
07.05.2026 24 views🤝 Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida rahbarlar va o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. ️ Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Eshimbetov G‘ulamjon Sultanbaevich ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, ichki ishlar organlarida xizmat qilishning mas’uliyati, vatanparvarlik, qonunlarga hurmat hamda halollik tamoyillari haqida muhim fikrlar bildirildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash, o‘z ustida ishlash va yuksak maqsadlar sari intilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida harbiy-akademik litseyda yaxshi natijalarga erishib kelayotgan bir qator faol o‘qituvchi va o‘quvchilar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
