🧠 “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi Joriy yilning 7-aprel kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Sohibqiron Ami…
08.04.2026 20 views🧠 “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi Joriy yilning 7-aprel kuni IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 1-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida “Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi” munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur o‘yin o‘quvchilarning bilimini sinash, ularning mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar turli yo‘nalishdagi savollar orqali o‘z bilim va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. O‘yin qizg‘in va murosasiz kurash ruhida o‘tdi, har bir jamoa g‘alaba uchun faol harakat qildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra: 🥇 1-o‘rin — 103-guruh jamoasi egalladi. Ushbu intellektual bellashuv o‘quvchilarda bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirib, ularni yanada izlanishga, o‘z ustida ishlashga va yangi marralarni zabt etishga undadi.
