“14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari Qoraqalpoq Tibbiyot institutida joylashgan “Mehrl…
16.01.2026 18 views“14-yanvar – Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari Qoraqalpoq Tibbiyot institutida joylashgan “Mehrli maktab” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialiga tashrif buyurdi. Dastlab litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi ko‘rgazmasi maktab tarbiyalanuvchilari e’tiboriga namoyish etildi. Shuningdek, harbiy-akademik litsey musiqa to‘garagi a’zolarining ham musiqiy chiqishlari tarbiyalanuvchilar ko‘nglini ko‘tarishga hissa qo‘shdi.
