1948 yil 7 aprel kuni Jahon sogʻlikni saqlash tashkilotning nizomi qabul qilingan va bu sana Butunjahon salomatlik kuni sifatida belgilangan. Sana munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” …
06.04.2024 17 views1948 yil 7 aprel kuni Jahon sogʻlikni saqlash tashkilotning nizomi qabul qilingan va bu sana Butunjahon salomatlik kuni sifatida belgilangan. Sana munosabati bilan Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida shifokor Sh.Artikov bilan “Sogʻlom turmush tarziga rioya qilishda shaxsiy va jamoatchilik gigenasi” mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtib, shifokor tomonidan oʻquvchilarga mavzu boʻyicha ma’lumotlar berish bilan birga SSV tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar, jumladan, ta’lim muassasalarida tozalik va dezinfektsiya tadbirlarini kuchaytirish, oʻquvchilarning qoʻllarini tez-tez sovun bilan yuvish, aksa urganda albatta tirsak bilan yopish va boshqa gigiena qoidalari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borilib, har tanaffus vaqtida sinfxonalarni shamollatish, muassasada kundalik tozalov ishlarida dezinfektsiya vositalaridan doimiy foydalanish choralarini koʻrish kabi profilaktik tadbirlarni qat’iy amalga oshirish koʻrsatib oʻtildi
