🠕

2025-yil 03-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” hamda Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘…

03.09.2025 21 views

2025-yil 03-sentyabr kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025-2026 o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bilimlar kuni” hamda Mustaqillikning 34 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar, o‘quvchilar, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov ochib berib, yig‘ilganlarni “Mustaqillikning 34 yilligi” hamda “Bilimlar kuni” munosabati bilan tabriklab, o‘quvchi yoshlarga kelgusi o‘qishlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng litsey majlislar zalida o‘quvchi yoshlarga 2025-2026 yangi o‘quv yilida “Mustaqillik darsi” “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! shiori ostida o‘tkazildi.

© 2019-2026 Developed by: EPAGE.uz

Mehmonlar: 0