2025-yil 27-may kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Tarbiya fan oyligi” doirasida 1-kurs o‘quvchilariga “Terrorizm va diniy ektremizmga qarshi kurashish” mavzu…
27.05.2025 18 views2025-yil 27-may kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “Tarbiya fan oyligi” doirasida 1-kurs o‘quvchilariga “Terrorizm va diniy ektremizmga qarshi kurashish” mavzusida tarix fani o’qituvchisi Allamuratov Gulmurat tomonidan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida O‘zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Ekstremizmga karshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi, qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi haqida batafsil ma’lumot berildi. Suhbat yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi
